“HUVAYDO Tower”
Noyob me’morchilik uslubi va noodatiy tashqi ko‘rinishi bilan ajralib turuvchi samarali 7 qavatli bino.
“HUVAYDO” turar-joy majmuasini Sizga taqdim etishdan mamnunmiz. U dunyo arxitekturasining eng ilg‘or tendensiyalarini o‘zida mujassamlashtirgan.
Biznes klassidagi yangi turar-joy majmuasi poytaxtning tarixiy tumanlaridan birida joylashgan. Majmua milliy madaniyat markazi bo‘lmish, buyuk o‘zbek ma’rifatparvar shoiri Xo‘janazar Huvaydo nomidagi, go‘zal mahallada barpo etilgan.
“HUVAYDO” TJM — jahonning eng oxirgi standartlariga to‘liq javob beruvchi, shinam uylar. Bu uylarda hayotingiz hamjihatlik va baxtga to‘lgan ertakka aylanadi.
Noyob me’morchilik uslubi va noodatiy tashqi ko‘rinishi bilan ajralib turuvchi samarali 7 qavatli bino.
Majmua asosini beshta 6 qavatli bino tashkil etib, ularni “HUVAYDO Life” deb nomladik.
Bu yerda hamma narsa betashvish va bir maromda hayot kechirish uchun puxta o‘ylangan.
«Huvaydo» turar-joy majmuasida qurilish va obodonlashtirish ishlari yakunlandi.
«Huvaydo» TJMning xonadonlari yuqori toifadagi uy-joy sifati bo‘yicha jahon standartlariga javob beradi.
Majmuada maydoni 53 m2 dan 164 m2 gacha bo‘lgan xonadonlarning keng tanlovi taqdim etilgan.
Poytaxtning qadimiy burchagida joylashgan turar-joy majmuasining umumiy maydoni 20 634 m2 ni tashkil etadi.
Ko‘kalamzorlashtirilgan hudud – ulkan hiyobon, favvora, shiypon, bolalar va sport maydonchalari.
Majmuaning hududi yopiq bo‘lib, kechayu kunduz qo‘riqlash va videokuzatuv xizmati sizning osoyishta va betashvish istiqomat qilishingizni ta’minlaydi.
“Discover Invest” kompaniyasi O‘zbekiston qurilish bozoridagi eng ilg‘or tashkilotlardan biridir. O‘zining 10 yillik foliyati davomida kompaniya 70 dan ortiq arxitektura loyihalarini amalga oshirib, foydalanishga topshirgan.
“Discover invest” – bu 1000 dan ortiq yuqori malakali mutaxassislarning uyg‘un va tartibli faoliyat yuritishi natijasi. Ular loyihalarni boshqarish va amalga oshirish bo‘yicha mutaxassis, me'mor, muhandis va quruvchilardir.
“HUVAYDO” TJM poytaxtning milliy madaniyat markazi bo‘lmish Huvaydo mahallasida barpo etildi. Majmua Beruniy metrosidan besh daqiqalik masofada, Shayxontohur tumanida, Al-Xorazmiy va Farobiy ko‘chalari orasida joylashgan.
Mo‘ljal: “Hamkor Bank”ning Shayxontohur filiali.
Ha, kvartirani ma’lum shartlar asosida sotib olsangiz, Toshkentdan propiska olish mumkin.
To‘liq ma’lumotlarni sotuv ofislaridan olishingiz mumkin.
Sizni quyidagi manzilda kutib qolamiz: Toshkent sh., Shayxontohur tumani, Al-Xorazmiy ko‘ch., 60-65 uylar.
Mehmonimiz bo‘ling!
Toshkent sh., Shayxontohur tumani, Furqat ko‘ch., “Tashkent City” XIM, 1-blok, 1-uy (Xalqlar do‘stligi maydonidan A.Navoiy ko‘chasi tomonga burilishda)
+998 (95) 194-00-40
info@huvaydo.uz